Rasmiy munosabat
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “Bu ayolni nega urib tashlashdi? Yashirin kameradagi holat" sarlavhali videoxabar va unda keltirilgan holatlar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi
Ma’lum boʻlishicha, 12.05.2023-yil kuni Fargʻona shahar "Ibn sino" MFY raisi K.T. (ayol) mahalla hududini obodonlashtirish ahvoli va koʻcha tozaligini tekshirib yurgan vaqtda, Yangi asr koʻchasi, 176-uy oldida obodonlashtirish boʻlimi ishchi-xodimlarini koʻrib, ularga ushbu koʻp qavatli uy atrofida oʻsgan yovvoyi oʻtlarni yulib olishlarini va tozalab supurishlarini aytgan. Shundan soʻng M.O. va M.A. (ayol)lar MFY raisi bilan ogʻzaki janjallashib, raisining ortidan MFY binosigacha kelishgan va uni turli nooʻrin soʻzlar bilan haqorat qilishgan.
Mazkur holat shu kunning oʻzida Fargʻona shahar IIO FMB tomonidan tegishli tartibda roʻyxatga olinib, fuqarolar M.O. hamda M.A.larga nisbatan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi xabarlarga rasmiy munosabat bildirilmasdan turib, turli nooʻrin xulosalarga bormasliklarni soʻrab qolamiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati