18 Aprel 2022 yil 1250

RASMIY BAYONOT

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “Quvada ayolga zoʻravonlik qilindi” sarlavhali videoxabar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.

Ma’lum boʻlishicha, joriy yilning 16-aprel kuni fuqaro F.E (videoxabardagi ayol) Quva tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda tuman markazida oʻziga tegishli avtomashinada harakatlanib ketayotgan vaqtida tanishi F.Q uni toʻxtatib, haqorat qilib, avtomashinasi yon oynasini qasddan sindirib, zarar yetkazganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqaro F.Q Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 612-moddasi 1-qismi va 183-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi aniqlanib, toʻplangan hujjatlar qonuniy xal etishlik uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Quva tumani sudiga yuborilgan.

Fargʻona viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech