12 Mart 2022 yil 1549

RASMIY BAYONOT

Ijtimoiy tarmoqlaridagi “HUMAN UZ” kanali orqali «ZOʻRAVONLIK va QONUNSIZLIK!  Fargʻonalik baliqchi mulki hanuz talanyapti» nomli videoxabar tarqaldi.

Aniqlanishicha, 2022-yilning 05-mart kuni Fargʻona viloyati IIB 102 qisqa raqamiga Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Yu.N murojaat qilib, Yozyovon tumanida joylashgan suv omborida fuqarolar oʻrtasida oʻzaro janjal boʻlayotganligini ma’lum qilgan.

Mazkur xabar tegishli tartibda roʻyxatga olinib, voqea joyiga mas’ul xodimlar yetib borgan.

Holat yuzasidan oʻzaro janjallashgan fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar boʻyicha tergovga qadar tekshirish harakalari davom etmoqda.

Yakuniga koʻra, qonuniy qaror qabul qilish uchun sud organlariga yuborilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, videoxabarda keltirilgan IIO xodimlarining holatga qanchalik aloqadorligi yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech