RASMIY MUNOSABAT
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan yengil avtomashinani yoqib yuborilganligi haqidagi videoxabar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.
Ma’lum boʻlishicha, joriy yilning 26-iyun kuni fuqaro U.M (ayol) Fargʻona viloyati IIB ning “102” raqamiga murojaat qilib, unda shu kuni soat taxminan 03:00 da Fargʻona shahar Ezgulik koʻchasi 10-uy oldida turgan onasi M.U ga tegishli boʻlgan qora rangli,“Kia Сarnival” rusumli, avtomashinani noma’lum shahs yoqib yuborganligini ma’lum qilib, ushbu xolat yuzasidan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Shu kunning oʻzida Fargʻona shahar IIO FMB tezkor tergov guruhi tomonidan hodisa joyi koʻzdan kechirilib, xujjatlar rasmiylashtirilgan.
Avtomashinaga yetkazilgan zararni aniqlash maqsadida sudga oid yongʻin-texnikaviy ekspertizasi va baholash ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati