23 Iyun 2023 yil 1889

Rasmiy munosabat

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Qoʻqon bozorida samosud boʻlganligi haqidagi videoxabar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.

Ma’lum boʻlishicha, joriy yilning 21-iyun kuni Qoʻqon shahridagi kiyim kechak bozori hududida joylashgan "Salaran" nomli savdo doʻkoni ish boshqaruvchisi 1990-y.t. Z.J. (ayol) mazkur doʻkon roʻparasida savdo bilan shugʻullanayotgan, er-xotin 1982-y.t. I.K. va 1988-y.t. M.A.larga, doʻkon oldida savdo qilmasliklarini aytib, bir-birlarini xaqorat qilishlari natijasida oʻrtalarida janjal kelib chiqqan. Mazkur tartibbuzarlikka shu yerda boʻlgan har ikki tarafning qarindoshlari ham qoʻshilgan (videotasvirda aks etgan holat).

Shuningdek, ertasi 22-iyun kuni, "Salaran" savdo doʻkoni rahbari 1989-y.t M.I. va uning ikki nafar sheriklari S.J. va X.P.lar doʻkon oldida bolalar kiyimi savdosi bilan shugʻullanayotgan fuqaro 1976-y.t. N.A. (ayol) va uning voyaga yetmagan oʻgʻli 2009-y.t. M.A.ni, doʻkonga kiruvchi xaridorlarni yoʻlini toʻsib qoʻyganligini vaj qilib, janjal uyushtirishgan hamda voyaga yetmagan M.A.ga tan jarohatlari yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-modda 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tartibbuzarlikka aloqador barcha fuqarolarning shaxslari aniqlangan va tergovga jalb etilganlar, shuningdek voyaga yetmagan M.A.ga nisbatan yetkazilgan tan jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Ushbu kabi huquqbuzarliklarni takrorlanishini oldini olish maqsadida, Qoʻqon shahar xokimligi, bozor ma’muriyati hamda shahar IIBning mas’ul xodimlari tomonidan bozor hududidagi doʻkonlar hamda vaqtinchalik yoyma savdo rastalarida savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar orasida profilaktik tushuntirish ishlari oʻtkazildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech