24 Iyun 2023 yil 512

Rasmiy munosabat

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Oltiariq tumanida pichoqbozlik sodir boʻlganligi haqidagi videoxabar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.

Ma’lum boʻlishicha, 2023-yil 16-iyun kuni Oltiariq tumanida yashovchi 1996-yilda tugʻilgan X.M. tanishi 1989-yilda tugʻilgan S.N. bilan tumandagi “Poʻlatobod” oshxonasida oʻzaro kelishmovchilik sababli gap talashib S.N. X.S.ning yuz qismiga shapaloq urib yuborgan. S.N. oshxonadan chiqib oʻziga tegishli avtomashinada Qapchugʻay MFY, tomon haraktlanib ketayotgan vaqtida uning orqasidan X.M. yetib borib, Sharq MFY hududida yana oʻzaro gap talashib X.M. qoʻlidagi pichoq bilan S.N.ga tan jarohati yetkazgan.

Oltiariq tumani markaziy shifoxonasining bergan dastlabki ma’lumotiga koʻra, S.N.da chap kurak yuqori tashqi sohasida koʻkrak qafasiga teshib oʻtmagan, sanchilib kesilgan, chap yon bosh sohasida sanchilib kesilgan jarohatlar aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 16.06.2023-yil kuni tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan X.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, fuqaro S.N.ga nisbatan yetkazilgan tan jarohatlari yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shu oʻrinda fuqarolarimizdan internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan yuqoridagi kabi xabarlarga rasmiiy munosabat bildirilmasdan turib, turli nooʻrin xulosalarga bormasliklarini soʻrab qolamiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech