8 Sentyabr 2025 yil 526

Viloyat IIB rahbariyati tomonidan navbatdagi qabul tashkil etildi

Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash hamda probatsiya xizmati faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolar va xodimlar murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Farruxbek Usarovning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida 45 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qatnashib, ulardan turli masalalarda 52 ta murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlarning 21 tasi tegishli huquqiy asoslar bilan ijobiy hal etildi.

Qolgan 31 ta murojaat bo‘yicha kompleks o‘rganish talab etilishi tufayli ijrosini nazoratga olish va yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ullariga alohida vazifalar yuklatildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech