Farg‘ona viloyat IIB rahbariyati ishtirokida Marg‘ilon shahrida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
Xalq bilan muloqot tizimini yana-da takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida vazirlik idoralar, sektorlar, viloyat va tumanlardagi barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlari reja-jadval asosida joylarda sayyor qabullar o‘tkazilishi belgilangan.
Bugun ushbu topshiriq ijrosi doirasida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Elyorbek G‘aniyev ishtirokida Marg‘ilon shahrida joylashgan “Erkin Vohidov” nomidagi ijodkorlar bog‘ida viloyat hududida yashovchi fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 46 nafar fuqarolardan ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq jami 47 ta murojaatlar qabul qilindi.
Eʼtiborlisi shundaki, boshqarma rahbariyati har bir murojaatni sinchkovlik bilan o‘rganib, 16 tasini joyida ijobiy hal etdi. 7 ta murojaatchiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Ko‘rib chiqish muddat talab etadigan 24 ta murojaatning ijrosi boshqarma masʼul xodimlari tomonidan nazoratga olindi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.