14 Aprel 2023 yil
522
Quvasoy shahrida xonadonining tom qismida marixuana saqlagan shaxs fosh bo‘ldi
Quvasoy shahar.2023 yilning 06 aprel kuni shahar IIB TQX JQB va TQKG xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, R.D/ning Pakana mahalla hududidagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadon tom qismida “Marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati