Quvasoy shahrida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat muhokamasi oʻtkazildi
Muhokama yigʻilishida viloyat IIB JXX HPB katta inspektori, mayor A.Xayitboyev, viloyat maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi mas’ul xodimi, shahar IIB voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor psixologlar, Quvasoy shahar maktab va maktabgacha ta’lim boʻlimi mudiri, barcha maktab direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari qatnashdi.
Quvasoy shahrida 2023-yilning 18-iyul kuni noma’lum shaxs Quvasoy shahar, Xamdoʻstlik MFYda yashovchi, O.K (ayol) ning xonadoni oldida qarovsiz qoldirilgan “Дамас” rusumli avtomashina salonidan avtomashinaning texnik pasporti, ikki dona bank plastik kartalari va chet elga chiqish pasportlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Quvasoy shahrida yashovchi 2010-yil tugʻilgan voyaga yetmagan 7-sinf oʻquvchisi E.S, 2009-yil tugʻilgan 8-sinf oʻquvchisi M.O hamda uning sinfdoshi 2009-yil tugʻilgan M.S.lar sodir etganligi aniqlandi.
Muhokamada mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari va huquqiy oqibatlari haqida soʻz yuritilib, kelgusida bunday salbiy holatlarning oldini olish borasida fikr almashildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.