10 Yanvar 2023 yil 1184

Quvasoy shahrida taqiqlangan giyohvandlik vositalarini sotgan shaxs qoʻlga tushdi

Quvasoy shahar. 08-yanvar kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, B.D Mirzalar mahalla hududida 1.000.000 soʻm evaziga 1 dona yumaloq shakldagi gashish giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, daliliy ashyolar tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech