21 Avgust 2021 yil 425

Quvasoy shahrida shifer mahsulotlarini sotib olmoqchi boʻlgan shaxs pullariga aldandi

Quvasoy shahri. 17-avgust kuni A.X IIBga murojaat qilib, unda iyun oyi boshlarida noma’lum shaxs ishonchiga kirib arzon narhda shifer mahsulotini olib kelib berishini aytib undan jami 1.500.000 soʻm pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni B.U. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech