Quvasoy shahrida shaftoli mevalarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib, pullarni bermagan shaxslar qoʻlga olindi
Quvasoy shahri. 4-fevral kuni T.I ismli fuqaro IIBga murojaat qilib, unda 2019-yilning avgust oylarida noma’lum shaxslar uning ishonchiga kirishib, sotmoqchi boʻlgan shaftoli mevalarini 2 400 000 soʻmga sotib olishga kelishib, pullarini bir kun muddatda berishlarini aytib, olib ketishib, bergan va’dalarini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan mevalarni boshqa shaxsga sotib yuborishib, pullarini o'z ehtiyojlari uchun sarflab yuborishganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari davomida ushbu jinoyatni E.I va M.A.lar sodir etganligi aniqlanganib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati