Quvasoy shahrida plastik kartadan pul oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Quvasoy shahar. A.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 28-oktabr kuni noma’lum shaxs, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 4.200.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab yechib olganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.S sodir etganligi aniqlanib. tergov harakatlari davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati