Quvasoy shahrida ogʻu savdosiga chek qoʻyildi
Quvasoy shahri.2022-yilning 14-aprel kuni shahar IIB JQB va TvaEQKG hamda DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, shahardagi yuqumlik kasalliklar shifoxonasi yonida S.I tanishi Sh.A.ga “gashish” giyohvandlik moddasini 350.000 soʻmga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan hamda S.I.dan 350.000 soʻm miqdorda pul va oq rangli tselofan paketga oʻralgan “gashish” giyohvandlik moddasi Sh.A.dan esa “spichka” nomli gugurt qutisiga solingan “gashish” giyohvandlik moddasi xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan S.I va Sh.A.ga nisbatan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang. Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati