Quvasoy shahrida “marixuana” saqlagan shaxs aniqlandi
Quvasoy shahar.2022-yilning 17-oktabr kuni, shahar IIB JQB va TEQKG xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Lashkar mahalla hududida yashovchi I.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon oshxonasi devorida “Marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati