15 Fevral 2023 yil 582

Quvasoy shahrida ijtimoiy tarmoq orqali telefon appparati sotib olmoqchi boʻlgan ayol pullariga aldandi

Quvasoy shahar. T.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 26 dekabr kuni nomaʼlum shaxs “Telegram” ijtimoiy tarmogʻi orqali ishonchiga kirib, unga “iPhone 12 PRO” rusumli telefon apparatini 3.630.000 soʻmga sotishini, pullarni plastik karta orqali oʻtkazib bersa, telefon apparatini yashash xonadoniga joʻnatib yuborishini aytib aldab, nomiga tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasi hisobida boʻlgan 3.630.000 soʻm pullarini tushirtirib olib, pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni O.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech