Quvasoy shahrida haydovchi talonchilik qildi
Quvasoy shahar.02-sentabr kuni Oʻ.E boshqaruvidagi "Gentra” rusumli avtomashinasida M.F ismli ayolni yashash manziliga olib borib qoʻyishini aytib, avtomashinasiga yoʻlovchi sifatida chiqarib, yoʻlda kelayotgan vaqtda M.F.ga goʻyoki ikki yil avval yoʻl kira haqqini bermaganligini bahona qilib, uning qoʻlida boʻlgan “Самсунг A-02” rusumli uyali telefon apparati, 500.000 soʻm puli, tibbiy hujjatlari va ayollar kiyimi boʻlgan qoʻl sumkasini ochiqdan-ochiq tortib olib qoʻyib, Yangiobod mahalla hududiga yetib kelgach M.F ismli ayolni avtomashina salonidan tortib tushirib yuborib hodisa joyidan ketib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati