Quvasoy shahrida giyohvandlik moddalari savdosiga chek qoʼyildi
Quvasoy shahar.2023 yilning 04 aprel kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Quvasoy shahar, Pakana mahalla hududida Q.M ismli ayol Fargʼona shahar hududida oʼzining birga yashovchi tanishi voyaga yetmagan N.G ismli qiz orqali 500.000 soʼm evaziga gashish giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davomida Q.M ismli ayol oʼzi yashab kelayotgan Fargʼona shahar А.Qodiriy koʼchasidagi xonadonida gashish giyohvandlik moddasini taqdim qilgan va ushbu modda ham daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʼzgʼatilib, Q.M ismli ayol protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʼligʼingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati