Quvasoy shahrida gaz trubalarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Quvasoy shahar. Fuqaro X.M IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 06-dekabr kunidan 07-dekabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yoʻl chetida qarovsiz qolgan Chorvador koʻchasini gazlashtirish uchun, narxi 3.420.000 soʻmlik sotib olingan gaz turabalarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati