20 Iyun 2023 yil 323

Quvasoy shahrida fuqaroning plastik karta hisobidan 2.380.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Quvasoy shahar. Fuqaro A.A IIBga murojaat qilib. unda 2023-yilning 10-may kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, jabrlanuvchiga sezdirmasdan plastik kartasi hisobida boʻlgan 2.380.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab yechib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan N.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Text to speech