Quvasoy shahrida uyali telefon apparatini vaqtincha foydalanish uchun olib qaytib bermagan shaxs qoʻlga olindi
Quvasoy shahri. 27-sentabr kuni B.S ismli ayol IIB ga murojaat qilib, unda 2021-yilning 5-sentabr kuni noma’lum shaxs uning ishonchiga kirib, narxi 800.000 soʻmlik “РедМИ” rusumli telefon apparatidan vaqtincha foydalanib, soʻng qaytarib berish sharti bilan olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan telefon apparatini qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur xolat yuzasidan Quvasoy Shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.J. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati