Quvasoy shahrida fuqaroning yonidan “ogʻu” topildi
Quvasoy shahar. 12 fevral kuni Quvasoy shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, J.M.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning egnidagi kurtkasi oʻng choʻntagida koʻk rangli politelin qogʻoz parchasiga oʻralgan 3 dona va oq qogʻoz parchasiga oʻralgan 1 dona toʻqjigarrang gashish giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati