Quvasoy shahrida ayolning xonadoniga tushgan 2 nafar voyaga yetmagan shaxs qoʻlga tushdi
Quvasoy shahar. X.Olimjon mahalla hududida yashovchi T.S ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 03-yanvar kuni noma’lum shaxs xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, narxi 3.000.000 soʻmlik kir yuvish mashinasi, bir dona narxi 2.000.000 soʻmlik televizor, bir dona metaldan ishlangan seyf va seyf ichida boʻlgan 10.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda, oʻgʻirlab hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan T.A va B.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati