22 Noyabr 2021 yil 534

Quvasoy shahrida ayolning xonadoniga o‘g‘irlikka tushgan shaxs qo‘lga olindi

 

Quvasoy shahri. 04 oktyabr kuni fuqaro Bog‘bon MFY hududida yashovchi R.k ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 03 oktyabr kunidan 04 oktyabr kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib yotoqxonasidagi shkaf va sandiq ustidagi ko‘rpa-to‘shaklari orasidan 11.200.000 so‘mlik turli xildagi tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.B sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech