1 Dekabr 2022 yil 361

Quvasoy shahrida avtomashinadan pul va antiradarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Quvasoy shahar. D.S IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 19-noyabr kunidan 20-noyabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Pakana mahalla hududida joylashagan koʻp qavatli uy oldida qarovsiz qolgan “Lasseti” rusumli avtomashinasi salonida boʻlgan 800 AQSH dollari, 5.000.000 soʻm puli va bir dona 1.500.000 soʻmlik ““Neonline 7500” rusumli antiradarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligi bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.B va Gʻ.I sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech