Quvasoy shahrida avtomashina salonidan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Quvasoy shahri. 06-sentabr kuni X.A IIBga murojaaat qilib, unda 01-sentabr kunidan 02-sentabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Qoʻchqorchi MFY hududida qarovsiz qoldirilgan “Mersedes Bens” rusumli avtomashinasi salonidan narhi 1.500.000 soʻmlik “Самсунг A10” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.J sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati