13 Sentyabr 2022 yil 387

Quvasoy shahrida aldov yoʻli bilan fuqaroning plastik karta hisobidan pul yechib olgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

 

Quvasoy shahar.2022-yilning 11-avgust kuni M.D ismli ayol telegramm ijtimoiy tarmogʻi orqali S.M.ni ishonchiga kirib, unga voyaga yetmagan farzanlari boʻlsa moddiy yordam berilishini aytib, buning uchun plastik karta raqamini yuborishi haqida yolgʻon xabar yuborib, tegishli bank tomonidan berilgan kartasini koʻlga kiritib, karta hisobida boʻlgan jami 1.100.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech