Quvasoy shahrida “Akfa” eshik romlarini yasab berishni va’da qilib, aldagan shaxs javobgarlikka tortildi
Quvasoy shahri. 2021-yilning 31-dekabr kuni fuqaro U.S IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 23-avgust kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, “Akfa” eshik romlari yasab berishini aytib, 10.000.000 soʻm pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati