Quvasoy shahrida 50 tonna sementni noqonuniy qoʻlga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
2021-yilning 30-oktabr kuni Quvasoy shahar, Istiqlol koʻchasida yashovchi S.O ismli fuqaro IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning yanvar oyida noma’lum shaxslar uning ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan 50 tonna sement maxsulotlarini 42.000.000 soʻmga sotib olishga kelishib, pulini bir xafta muddatda berishini aytishib, sement maxsulotlarini olib ketishib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklarini hamda sement maxsulotlarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini ehtiyoji uchun sarflab yuborganliklarini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari davomida ushbu jinoyatni S.M va T.Ular sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmat