16 Oktyabr 2021 yil 390

Quvasoy shahrida 50 tonna sement mahsulotlarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Quvasoy shahri. 27-iyul kuni fuqaro A.X IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning fevral oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan jami narxi 40.000.000 soʻmlik 50 tonna sement mahsulotlarini sotib olishga kelishib, pullarini yuk avtomashinasi haydovchisidan berib yuborishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan sement mahsulotlarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech