Quvasoy shahrida 4 nafar shaxs 1 bosh qoramolni oʻgʻirladi
Quvasoy shahri. 12-iyul kuni M.I. IIBga murojaat qilib, unda 10-iyul kunidan 11-iyul kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Namuna MFY hududida joylashgan fermer xoʻjaligi dala maydoni chetida qarovsiz holda bogʻlangan bir bosh 17.000.000 soʻmlik qoramolini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni K.J, M.B., A.B va I.A.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati