12 Mart 2022 yil
438
Quvasoy shahrida 4 bosh qoramollarni sotib olgan shaxs egasiga pullarini bermadi
Quvasoy shahar.2021-yil 10-iyun kuni E.R tanishi A.E.ning ishonchiga kirib pullarini 10 kun ichida berishini aytib 4 bosh qora mollarini 32.000.000 soʻmga kelishib sotib olib mollarni boshqa shaxslarga sotib pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati