Quvasoy shahrida 23.000.000 soʻmlik limon mevalar aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritildi
Quvasoy shahri.2022-yilning 6-mart kuni B.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs telegram ijtimoiy tarmogʻidagi guruh orqali tanishib, unga tegishli boʻlgan limon mevalarini sotib olishini aytib, ishonchiga kirib, pullarini 1 soat ichida olib kelib berishga va’da berib, yashash xonadonidan jami 23.000.000 soʻmlik limon mevalarini olib ketib, pullarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati