5 Iyun 2023 yil 898

Quvasoy shahrida 2 bosh qoramollarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Quvasoy shahar. Fuqaro D.K IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 26-aprel kuni noma’lum shaxs Valik mahalla hududida joylashgan fermer xoʻjaligi dala yer maydonida qarovsiz qolgan narxi 20.000.000 soʻmlik 2 bosh qora mollarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan O.K sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech