11 Yanvar 2023 yil 390

Quvasoy shaharda giyohfurush qoʻlga tushdi

Quvasoy shahar. 08-yanvar kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Pakana mahalla hududida 4.500.000 soʻm evaziga 1 bir dona yumaloq shakldagi 44,79 gramm gashish giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech