Quva tumanidagi bir juft tilla ziraklarni oʻgʻirlagan ayol aniqlandi
Quva tumani. M.M IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 01 fevral kuni nomaʼlum shaxs markazdagi savdo majmuasi ichidagi tilla taqinchoqlar sotadigan savdo rastasida qarovsiz qoldirilgan narxi 3.000.000 soʻmlik “Latifa” nomli bir juft tilla ziraklarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni K.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati