13 Aprel 2023 yil 359

Quva tumanida xonadonida marixuana giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs qoʼlga tushdi

Quva tumani. 04 aprel kuni tuman IIB TQX JQB tezkor xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Taxtakoʼprik mahalla hududida E.E.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, yashash xonadoni yotoqxonasida boʼlgan javon tortmasidan bir dona gugurt qutida, shu xonaning 2-javoni tortmasidan polimer paketda “marixuna” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech