Quva tumanida xonadonga oʻgʻirlikka tushib oshxona deraza tokchasida boʻlgan 700 AQSH dollari miqdoridagi pullarni qoʻlga kiritgan shaxs aniqlandi
Quva tumani. 13-avgust kuni Dehqonobod MFY hududida yashovchi S.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 07-avgust kunidan 08-avgust kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, oshxonasidagi deraza tokchasida boʻlgan 700 AQSH dollari miqdoridagi pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Oʻ.X sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati