1 Mart 2023 yil 372

Quva tumanida xonadondan ayolning pullarini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Quva tumani. Turk mahalla hududida yashovchi H.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023 yil 30 yanvar kuni nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi sandigʻi ustidagi ayollar kiyimi choʻntagida boʻlgan 200 AQSh dollari va 200.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringaligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan Oʻ.D sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech