Quva tumanida xonadondan 31.000.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Quva tumani. 2020-yilning 09-oktabr kuni K.Sh. IIBga murojaat qilib, unda 2020-yilning 22-sentabr kunidan 03-oktabr kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs Goʻzal MFY Tinchlik koʻchasida joylashgan yangi qurilgan koʻp qavatli uyiga kalit tanlash orqali gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasida boʻlgan 31.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganiligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yu.K sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati