5 Mart 2020 yil 651

Quva tumanida sodir boʼlgan avtohalokatda yoʼlovchi tan jarohati oldi.

2020 yil 25 fevral kuni soat taxminan 09:30 larda, Quva tumani Madaniyat MFY hududida yashovchi 26 yoshli fuqaro Yu.N., oʼzining boshqaruvidagi "Damas" rusumli transport vositasida "Shahrixon-Quva" avtomobilь yoʼlining 25 km.da Shahrixon tumani tomondan Quva tumani tomonga harakatlanib kelishda, Quva-Shahrixon va Turkrovot-Oʼzbekiston koʼchalari kesishgan svetofor bilan tartibga solingan chorrahadan oʼtayotganida transport vositasi yoʼnalishiga nisbatan yoʼlning oʼng tomonidan chap tomoniga kesib oʼtayotgan Quva tumani Oʼzbekiston MFY hududida yashovchi 27 yoshli piyodachi B.N.,ni urib yuborgan. Natijada B.N., tan jarohati olib, Quva tumani shifoxonasiga yotqizilgan.
Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasiga koʼra fuqaro B.N.,da bosh tepa-ensa sohasida lat yegan yara, chap bilak va tirsak suyaklarining pastki qismi yopiq sinib siljishi, chap tirsak boʼgʼimi sohasida shilinma aniqlangan.
Mazkur holat boʼyicha fuqaro Yu.Nga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shu sababli haydovchilardan yoʼllarda eʼtiborliroq boʼlishlarini hamda belgilangan tezlikni oshirmasliklarini soʼrab qolamiz.


Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech