Quva tumanida shifoxonadan telefon apparatini oʻgʻirlagan ayol qoʻlga tushdi
Quva tumani. O.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 03-iyun kuni noma’lum shaxs Taxtakoʻprik mahalla hududida joylashgan shifoxonadagi muolaja xonasida qarovsiz qoldirilgan narxi 2.800.000 soʻmlik “Redmi A-10” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati