8 Iyun 2023 yil 386

Quva tumanida savdo doʻkoni rastasi ustida qarovsiz qolgan ayolning sumkasidan pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Quva tumani. A.Sh ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 27-aprel kuni noma’lum shaxs, Gʻalaba mahalla hududida joylashgan savdo doʻkonidagi rasta ustida qarovsiz qolgan sumkasi ichida boʻlgan 100 AQSH dollari va 2.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani  IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Q.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech