Quva tumanida qimorxona tashkil qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Quva tumani. 11-noyabr kuni kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, X.D. Rasta MFY hududida joylashgan toʻyxona yertoʻlasida fuqorolarga qonunga xilof ravishda tavakkalchilikka asoslangan lotto oʻynashlari uchun sharoit yaratib, qimorxona tashkil etganligi aniqlanib, undan 1 dona qora qopda 1 dan 90 gacha boʻlgan raqamli toshlar, 90 dona kartondan yasalgan kartonlar, 1 dona kassa apparati, yogʻochdan yasalgan sandiqcha ichidan 46.000 soʻm pul, 1 dona mikrafon, 1 dona karnay, 1 dona artel televizor, 2 dona kamera xotira kartasi, sovgʻalar 1 dona tefal, 4 dona choynak, 1 dona gaz plita, 1 dona termiz, 3 dona gilam xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan X.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati