16 Avgust 2021 yil 620

Quva tumanida qalbaki pul ishlab chiqargan shaxs aniqlandi

Quva tumani. 07-avgust kuni M.A. IIBga murojaat qilib, unda 05-avgust kuni Qayirma MFY hududida joylashgan savdo doʻkonida savdo qilayotgan paytda Q.N. oldiga kelib undan 100.000 soʻmlik matolarini harid qilib, evaziga 1 dona 100 AQSH dollari berganligini, 1.050.000 soʻmga baholab qabul qilib olib, unga qolgan 950.000 soʻm pullarni qaytib berganligini, ushbu 1 dona 100 AQSH dollari kupyuraning qalbaki ekanligini ma’lum qilgan.

Sud kimyoviy ekspertizasining xulosasiga koʻra, 1 dona 100 AQSH dollari kupyuradagi pul poligrafik usulda nusxa koʻchirib koʻpaytiruvchi rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.R. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech