Quva tumanida plastik karta hisobidan pul oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Quva tumani. 14-oktabr kuni R.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 06-oktabr kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasidan kompyuter tizimi orqali plastik kartasi hisobida boʻlgan jami 1.361.700 soʻm miqdoridagi pullarini uning ruxsatisiz yashirin ravishda oʻgʻirlaganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati