27 Aprel 2022 yil 373

Quva tumanida marixuana saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Quva tumani.18-aprel kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Akbarobod MFY hududida yashovchi M.O.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uyining yotoqxonasidagi yostiq orasida va molxonasidagi yogʻochlar orasida “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech