Quva tumanida marixuana saqlagan shaxs qo'lga tushdi
Quva tumani.7 may kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida, U.X G'alaba mahalla hududida joylashgan kiyim-kechak bozorida, o'zini shubxali tarzda tutganligi uchun yoni xolislar ishtirokida tekshirilganda yonida “marixuana” giyohvandlik moddasi o'xshash moddani sotgan vaqtida ushlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste'mol qilish sog'lig'ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.
Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati