6 Dekabr 2022 yil 468

Quva tumanida “marixuana” saqlagan shaxs aniqlandi

 

Quva tumani.2022-yilning 21-noyabr kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Quva mahalla hududida yashovchi E.Q.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, mehmonxonasidagi shkafida boʻlgan kurtkasini choʻntagida gugurt qutisiga solingan “Marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech